Mirziyoyev rahbarligida qurilgan ilk saroyda namozxona borligini bilasizmi?

Bu qiziq

image

“Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi. Bunda xalqaro darajadagi uchrashuvlar, siyosiy va strategik, iqtisodiy va moliyaviy kelishuvlarga tamal toshi qo‘yiladi. Eng martabali mehmonlar, yuqori darajadagi delegatsiyalar uchrashuvi, forumlar aynan shu markazdagi “Congress hall”da o‘tkaziladi. 

Prezident Mirziyoyev rahbarligida qurilgan ilk yirik saroyda mo‘jazgina namozxona borligiga ishonasizmi? Kecha, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalariga murojaat yo‘lladi. Yig‘ilish o‘tkazilgan asosiy zal birinchi qavatda joylashgan edi. Voqea joyidan tezkor xabarlar uzatuvchi jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari xodimlariga ikkinchi qavatdagi uchrashuv zallari ajratildi. 

Shaxsiy manbalarimizning qayd etishicha, bu Prezident va hozirgi Hukumatning OAVga e’tibori namunasi deyish mumkin. Chunki OAV xodimlariga ajratilgan ikki xona ham aslida yuqori martabali mehmonlar, Prezidentlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun atayin tayyorlangan. 

Saroyni aylana turib, ikkinchi qavatda “Namozxona” deb yozilgan peshtaxtaga ko‘zimiz tushdi va buni fotokameramiz xotirasiga muhrladik. Yo‘lak oxiridagi ikkita qarama-qarshi xonalar ayollar va erkaklar uchun namozxonaga aylantirilgan va masjidni eslatuvchi uslubda ta’mirlangan. Ularga kiraverishda alohida tahoratxona ham mavjud. Eng asosiysi, namozxonalarning chiroqlari o‘chirilib, qulflab qo‘yilmagan. Undan bemalol, emin-erkin foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Ma’lumki, “Congress hall” turkiyalik ustalar tomonidan qurildi. Bino loyihasida namoz o‘qish uchun alohida joy ajratilmagan edi. Biroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev qurilish jarayonlari bilan tanishish uchun tashrif buyurganida, binoda namozxona bo‘lishi kerakligi xususida alohida topshiriq bergan. 

Kasbimiz nuqtai nazaridan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardagi saroylarda bo‘lamiz. Ammo ularning ko‘plarida namozxonalarga ko‘zimiz tushmagan. 

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash o‘rinliki, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lgach, uning siyosiy irodasi ortidan mamlakatda e’tiqod va vijdon erkinligiga keng yo‘l ochildi. Diniy tashkilotlar faoliyati rivojlantirildi. Qur’on musobaqalari tashkil etildi. 

Jumladan, ulug‘ allomalarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy nomlaridagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. Ulug‘ ulamolarning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari, ilmiy markazlar bunyod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashkent city Congress hall Namozxona

Baholaganlar

1019

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing