Mirziyoyev 70 yoshni qarshilayotgan Putinni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatlarimiz xalqlari o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va hamkorlik rishtalarini rivojlantirish hamda tavalludining 70 yillik yubileyi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin O‘zbekiston Respublikasining “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi”, degan Asadov.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin ertaga, 7 oktyabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlaydi. U 70 yoshni qarshilaydi.

“Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqining cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini barqaror rivojlantirishda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni hal etishda yuksak siyosiy iroda namoyon etgan, faol tashabbuslarni ilgari surgan va ko‘p qirrali hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga yangicha ruh, chuqur va amaliy mazmun bag‘ishlagan hamda O‘zbekiston Respublikasi oldidagi alohida e’tirof etilgan yuksak xizmatlari uchun:

•    xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari;

•    xorijiy mamlakatlar parlamentlari vakillari;

•    xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillari;

•    atoqli davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, ta’lim va tarbiya, sog‘liqni saqlash, ma’naviyat, madaniyat va sport sohalarining ko‘zga ko‘ringan ulkan namoyandalari, insonparvarlik ruhidagi ezgu ishlari bilan nom qozongan metsenatlar, biznes hamjamiyatining taniqli vakillari mukofotlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing