Mirziyoyev Putin bilan gaplashdi
Jamiyat
−
29 noyabr 2023
10240O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, O‘zbekiston Prezidentining yaqinda Moskvaga tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirish masalalari muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev Putinning taklifiga binoan 5-7 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lgan. Ikki davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunlariga ko‘ra o‘zaro hamkorlik bo‘yicha 11 ta hujjat imzolandi.
7 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin hamda Qozog‘iston yetakchisi Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yetkazib berish jarayoniga start berdi.
LiveBarchasi