Mirziyoyev Pokistonda boburiylar me’morchiligi asosida qurilgan yodgorlik majmuasiga bordi
Jamiyat
−
04 mart 2022
6879Bugun, 3 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Pokiston monumenti” milliy yodgorlik majmuasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Islomobod shahridagi majmua qariyb 3 gektar maydonni egallagan, uch yil davomida qurilib, 2007 yilda ochilgan.
Yodgorlikning shakli gul barglariga o‘xshaydi. To‘rtta yirik barg Pokistonning to‘rt provinsiyasini ifodalaydi. E’tiborlisi, majmua boburiylar memorchiligi an’analari asosida barpo etilgan. Bu yerda tarix muzeyi ham bor.
Davlat rahbariga majmuadagi suratlar tarixi haqida so‘zlab berilgan.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Imron Xon O‘zbekiston Respublikasi bilan Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida Strategik sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi qadamlar to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzolagani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi