Mirziyoyev Pokiston Prezidenti va Bosh vazirini tabrikladi
Jamiyat
−
14 avgust 2022
8728Bugun, 14 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy va Bosh vaziri Shahboz Sharifga ushbu mamlakat mustaqilligining 75 yilligi munosabati bilan tabriknomalar yo‘lladi.
Prezident Matbuot xizmatiga ko‘ra, tabriknomalarda O‘zbekiston Pokiston bilan strategik sheriklik tamoyillariga asoslangan do‘slatlik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasini g‘oyat qadrlashi va bu boradagi ulkan salohiyatni yanada ro‘yobga chiqarishdan manfaatdorligi qayd etilgan.
Shavkat Mirziyoyev do‘st Pokiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, bardavom ravnaq hamda farovonlik tiladgan.
Ma’lumot uchun, Pokiston 1947 yilning 14 avgust kuni mustaqil davlat deb e’lon qilingan.
LiveBarchasi