Mirziyoyev Paralimpiada chempionlarini telefon orqali tabrikladi (video)

Sport

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij shahrida o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarida terma jamoaning ilk oltin medallarini qo‘lga kiritgan yengil atletikachilar – Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari ularni tabriklab, murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boshqa sovrindor va ishtirokchi sportchilarga ham salom yo‘llab, muvaffaqiyatlar tiladi.

Asila Mirzayorova uzunlikka sakrashda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi Paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev yadro uloqtirish bahsida g‘olib bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Asila Mirzayorova Qudratilloxon Ma'rufxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing