Mirziyoyev Ozarbayjonga tashrifini yakunladi

Jamiyat

image
O‘zbekiston va Ozarbayjon nimalarga kelishib oldi? north_east

O‘zbekiston va Ozarbayjon nimalarga kelishib oldi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifini yakunladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 2 iyul kuni Baku shahrida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi. 

Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari hamda amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida hamkorlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Yetakchilar Baku shahrida birgalikda “O‘zbekiston” bog‘iga asos soldi va Bakudagi O‘zbekiston elchixonasining yangi binosini ochib berdi.

3 iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Prezidenti hamrohligida Xonkendi shahridagi qo‘shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati hamda Ag‘dam shahridagi “Imorat” tarixiy-me’moriy majmuasi bilan tanishdi.

4 iyul kuni Prezident Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammitida ishtirok etib, sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi va qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Sammit doirasida Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida Prezident Shavkat Mirziyoyevni Ozarbayjon Madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Baku Ozarbayjon-O'zbekiston Odil Kerimli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing