O‘zbekiston va Ozarbayjon nimalarga kelishib oldi?

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyul kuni Baku shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi qarorini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbarlari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

- Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani 2025-2029 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi";
- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohalarida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
- 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;
- 2030 yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;
- 2025-2027 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasi;
- 2025-2027 yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi kelishuvlar.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Ozarbayjon Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing