Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi
Jamiyat
−
03 iyul
5246Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 3 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga yetib bordi. Bu haqda Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ostona xalqaro aeroportida uni mamlakat Bosh vaziri Oljas Bektenov kutib olgan.
“Bugungi kunda O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 4,5 milliard dollarni tashkil etdi”, deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.