Mirziyoyev Ostonaga tashrifni yakunladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘iston Respublikasiga amaliy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 30 may kuni "Markaziy Osiyo - Italiya" sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda Prezident Mirziyoyev mintaqa mamlakatlari va Italiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Tadbir yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Prezident Mirziyoyev Toshkentga jo‘nab ketdi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev raisligida o‘tkazilgan tadbirda Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ham qatnashgan. Sammit yakunida kelgusi “Markaziy Osiyo – Italiya” sammitini 2027 yilda Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazish taklifi hamda 2026 yil bahorida Italiyada to‘rtinchi tashqi ishlar vazirlari konferensiyasini o‘tkazish taklifi ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing