Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidentini qabul qildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyunni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal sur’atda rivojlanayotgani, investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida qayd etilgan.

Shuningdek, uchrashuvda kambag‘allikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-19 may kunlari Xitoyning Sian shahrida Si Szinpin raisligida “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston Prezidentlari Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy Tszin' Litsyun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing