Mirziyoyev Nazarboyevni tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Elboshi sayti xabar tarqatdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘zbek xalqi o‘zini mamlakati va xalqiga fidokorona xizmat qilishga butunlay bag‘ishlagan Elboshini buyuk davlat arbobi va dunyo miqyosidagi qobiliyatli siyosatchi sifatida chuqur hurmat qiladi.

“Qozog‘iston uchun tarixning eng murakkab, muhim davrida davlat kelajagini aynan Siz - noyob insoniy fazilatlar, chuqur bilim, bebaho kasbiy va hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tug‘ma yetakchi, zimmangizga olganingiz hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti – Elboshi sifatida Sizning Qozog‘iston davlatchiligi, suvereniteti hamda mamlakat mustaqilligini mustahkamlash borasidagi tarixiy missiyangiz bo‘yicha ob’ektiv yuqori baholarni to‘la qo‘llab-quvvatlayman”, deyiladi mirziyoyev tabrigida.

Ma’lumot uchun, Nursulton Nazarboyev 1940 yil 6 iyul kuni tavallud topgan. Bu yil Nazarboyev 79 yoshni qarshiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev tabrik

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing