Mirziyoyev Nazarboyev bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 noyabr kuni Toshkentda o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni O‘zbekistonga tashrifi bilan samimiy qutlab, unga O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi an’anaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, o‘z navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018 yil Ostona (ayni paytda – Nur-Sulton) shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon bo‘layotganini ta’kidladi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

22

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing