Mirziyoyev Navoiyda ikki kun bo‘ladi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 31 oktyabr kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

"Navoiy viloyati industrial salohiyati yuqori hudud. Iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlar tufayli so‘nggi yillarda bu yanada oshib bormoqda", deyiladi xabarda. 

Safar davomida davlat rahbari ulkan industriya loyihalari, yangi korxonalar va ta’lim maskanlari faoliyati bilan tanishadi.

Tashrifning ikkinchi kuni yangi loyihalarni ishga tushirish va viloyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Mirziyoyev oxirgi marta Navoiy viloyatiga 2022 yilning noyabr oyida borgan. Tashrif davomida tashrif davomida Prezident xalq deputatlari viloyat kengashi yig‘ilishida ishtirok etgan, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishgan, yangi loyihalarni ishga tushirgan hamda xalq bilan muloqot qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatining rivoji, aholi hayoti va yangi loyihalar bilan tanishgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing