Mirziyoyev Narendra Modi bilan video-uchrashuv o‘tkazadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ertaga, 11 dekabr kuni Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan videoanjuman shaklidagi uchrashuvda ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, tadbir kun tartibidan O‘zbekiston-Hindiston do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, uchrashuvda koronavirus infeksiyasining global miqyosda tarqalishi oqibatlarini yengib o‘tishda yaqindan hamkorlikni davom ettirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Davlatlar rahbarlari o‘zaro savdo hajmini oshirish, transport aloqalarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda kooperatsiyani kuchaytirish hamda hududlararo muloqotlar, ta’lim va gumanitar almashinuvni faollashtirishga qaratilgan ustuvor dastur va loyihalarni ko‘rib chiqishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv chog‘ida ikki davlat yetakchilari jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashadilar, zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini muhokama qiladilar.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilinib, iqtisodiyot va innovatsiyalar, moliyaviy-texnik ko‘mak, bojxona ishi va savdoni texnik tartibga solish, kadrlar tayyorlash va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishga doir qator hukumatlararo va idoralararo bitimlar imzolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Narendra Modi

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing