Mirziyoyev Mo‘ynoqda baliqchilik korxonasiga bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanida "Mo‘ynoq akva sanoat" davlat unitar korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Bir paytlar Mo‘ynoq baliqchilik sanoati bilan mashhur bo‘lgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili bu yerga kelib, mavjud suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash va rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bergan edi. 
 
"Mo‘ynoq akva sanoat" korxonasi – ana shu tashabbus natijasi. Loyiha qiymati 20 milliard so‘mlik mazkur korxona yiliga 4 ming tonna baliqni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. 200 tonna dudlangan baliq, 780 tonna farsh, 400 tonna file, 9 million dona konserva ishlab chiqariladi. Qariyb 60 ish o‘rni yaratiladi. 
 
Bugungi kunda korxona binosi qurilishi yakunlanib, texnologik uskunalar o‘rnatilmoqda. Uni shu yil sentyabrda ishga tushirish mo‘ljallangan.

Shu yerda Qoraqalpog‘istonda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Bu tarmoqda qo‘shimcha 17 loyiha ishlab chiqilgan. Ular natijasida baliq yetishtirish hajmini 15 ming tonnaga, qayta ishlash darajasini 36 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Orolning qurigan tubiga butalar ekish masalasiga ham e’tibor qaratildi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, 42 yilda 400 ming gektar maydonda saksovullar ekilgan bo‘lsa, 2018-2019 yilda qariyb 500 ming gektarda himoya o‘rmonzorlari barpo etilgan. To‘plangan tajribadan kelib chiqib, yana ikki yilda 700 ming gektar yerni yashil hududga aylantirish mumkinligi ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Mo'ynoq

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing