Mirziyoyev Lukashenkoga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoni diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi ochiqlik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan konstruktiv hamkorlik keng miqyosdagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

O‘zaro savdo hajmi muttasil oshmoqda, sanoat kooperatsiyasi va qishloq xo‘jaligi sohalarida muhim loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Mintaqalar o‘rtasida ko‘p qirrali aloqalar mustahkamlanmoqda, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalardagi almashinuvlar kengaymoqda. 

Bu Shavkat Mirziyoyev Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga yo‘llagan tabrikda alohida qayd etildi.

Qutlovda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Belarus hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, aniq amaliy mazmun bilan boyigani ta’kidlangan. 

Mirziyoyev O‘zbekiston va Belarus sherikligini ikki mamlakat va xalqlar manfaatlari yo‘lida yanada mustahkamlash borasidagi intilish qat’iy ekanini qayd etib, Lukashenkoga mustahkam sog‘liq, farovonlik va davlat ishlarida muvaffaqiyatlar, Belarus xalqiga esa tinchlik va ravnaq tiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing