Mirziyoyev Lukashenkoga haykal sovg‘a qildi (video)

Jamiyat

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarusga yetib borgani haqida xabar bergan edik.

Shavkat Mirziyoyev Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifi bilan “Zaslavl” davlat rezidensiyasida bo‘ldi. Bu haqda “Belta” xabar berdi.

Davlat rahbarlari rezidensiya bo‘ylab sayr qilib, keyin sovg‘alar almashishgan. Lukashenko Mirziyoyevga “Belarus” pannosi va milliy kashtado‘zlik namunasini sovg‘a qilgan. Uning kenja o‘g‘li Nikolay esa O‘zbekiston Prezidentiga zubr haykalchasini sovg‘a qilgan.

Shavkat Mirziyoyev o‘z navbatida Belarus rahbariga xokkeychi haykalini hadya qildi. Aniqrog‘i, Lukashenkoning xokkeychi qiyofasidagi haykalini sovg‘a qildi.

Prezidentlar, shuningdek, norasmiy holatda muloqot qilishgan. Ta’kidlash joizki, uchrashuv joyi sifatida o‘zbek naqshinkor ustalari tomonidan o‘yib ishlangan shiyponcha tanlangan. Uni Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Aleksandr Lukashenko O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelganida hadya qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Davlat rahbarlarining muzokaralari 1 avgust kuni Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tadi. 

Tomonlar mashinasozlik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, transport va IT-sohasida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilishadi. Asosiy diqqat-e’tibor mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro mahsulotlar va xizmatlar savdosi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratiladi. 

Prezidentlar birgalikda, shu kunlarda Belarus poytaxtida bo‘lib  o‘tayotgan O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Aleksandr LUkashenko

Baholaganlar

41

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing