Mirziyoyev Lavrovni qabul qildi
Jamiyat
−
23 aprel 5195 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23 aprel kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbatda O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik, keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

“Barcha yo‘nalishlarda faol muloqotlar va sermahsul almashinuvlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi oshmoqda. Hududlar va yetakchi sanoat korxonalarining kooperatsiyasi kuchaymoqda. Madaniyat, san’at, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va turizm sohalaridagi hamkorlik kengayib bormoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, Sergey Lavrov kecha, 22 aprel kuni Samarqandga kelgan edi. Uni aeroportda o‘zbekistonlik mavqedoshi Baxtiyor Saidov kutib oldi.
O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burhonovning ma’lum qilishicha, bugun, 23 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralar do‘stona va konstruktiv ruhda boshlangan. Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr