Mirziyoyev Koreya Prezidentini Registonga olib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Koreya yetakchilarining muloqoti Samarqand shahrida davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Qonunchilik palatasidagi koreys deputat Viktor Pak va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol davlatlar o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzolagandi. Ma’lum qilinishicha, Janubiy Koreya yetakchisining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida jami 17 ta hujjat imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Koreya Prezidenti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing