Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 29 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, SHUAR Kompartiyasi Partiya qo‘mitasi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi XXR delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, tomonlar o‘rtasida Xitoyning eng yirik va yetakchi hududlaridan biri – Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.

Kun tartibidan qayta tiklanuvchi energetika, transport infratuzilmasini rivojlantirish va logistika, sanoat parklari va qishloq xo‘jaligi klasterlarini tashkil etish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish o‘rin olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Xitoy delegatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing