Mirziyoyev Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi

Jamiyat

Bugun, 2 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. 

Islom Karimov 2016 yil 2 sentyabr kuni vafot etgan edi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.

"Birinchi Prezidentning qat’iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz", deya ta’kilagandi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu marosim ham davlat va jamoatchilikning Islom Karimovga hurmati ifodasi bo‘ldi.

Qur’on tilovat qilindi. Islom Karimovning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.

Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov

Baholaganlar

52

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing