Mirziyoyev kam ta’minlanganlarga Umraga borishda yordam berilishini aytdi (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasiga tashrifi vaqtida kam ta’minlanganlarga Umraga borishda yordam berilishini ma’lum qildi.

Ushbu tashrif davomida Prezident so‘nggi yillarda Umra va Haj safarlariga qatnov soni ko‘paytirilganini ta’kidladi.

“Umraga xohlagancha ruxsat berilyapti. Haj safarlari karra-karra ko‘paydi. E’tiqod insonning yuragida, bag‘rida, ko‘nglida bo‘ladi”, deydi Mirziyoyev.

Shundan so‘ng, Prezident muftiy va madrasa talabalaridan kimda qanday taklif bo‘lsa, eshitishga tayyor ekanini bildirdi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Umraga borishga imkoniyati yetmaydigan kam ta’minlanganlar uchun davlat tomonidan yordam berilishini so‘radi.

“Sizdan bitta iltimos bo‘ladi, adolatli tanlov qilib bersangiz, xohlaganingizcha yordam beraman. Haqiqiy kam ta’minlanganlarning istagi albatta ijobat bo‘ladi. Ularning ro‘yxatini shakllantirib bering. Kerak bo‘lsa, u yerdagi rahbarlarga ham aytib, ularni alohida-alohida kutib oladigan qilib tashkillashtiramiz”, deydi davlat rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Umra Mirziyoev kam ta'minlanganlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing