Mirziyoyev Quvasoydagi keramika korxonasiga bordi
Jamiyat
−
02 fevral 2023
7076Bugun, 2 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Quvasoy shahridagi keramika korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yil dekabrda ish boshlagan ushbu korxona yiliga qariyb 3 million kvadrat metr keramogranit mahsulotlar tayyorlash quvvatiga ega. Ayni paytda bu yerda 350 nafar ishchi va mutaxassis mehnat qilmoqda.
Korxonaning mahalliylashtirish darajasi 100 foiz bo‘lgani bois tovarlar xorijnikidan ancha arzon narxlarda bozorga chiqarilmoqda. Shuningdek, ularning 35 foizi Rossiya, Qirg‘iziston va Tojikistonga eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Davlat rahbari tashrif chog‘ida korxonada va umuman Quvasoy shahrida eksport ko‘rsatkichlarini oshirish muhimligini ta’kidladi. Buning uchun chet eldagi sanoat zonalari bilan hamkorlik o‘rnatish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev viloyatdagi to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishgandi.