Mirziyoyev qurilishlarda ortiqcha xarajatlar ko‘paygani sababli hokim va prokurorlarni tanqid qildi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda bugungi kunda loyiha tashkilotlari ob’ekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi. 

Yig‘ilishda bugungi kunda loyiha tashkilotlari ob’ekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi. Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi. 

Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda.

Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olindi. 

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘rilik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, “yashirin” qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev qurilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing