Mirziyoyev Qozog‘istondagi o‘zbekistonlik muhojirlarni himoya qilish to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-5008-son qaror imzolandi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qozog‘iston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Qozog‘istondagi O‘zbekistonning fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlar va O‘zbekistondagi Qozog‘istonning fuqarolari bo‘lgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi Bitim tasdiqlandi. Bitim 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Bitim ikkala davlat hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan.

Unda quyidagi atamalar qo‘llanilgan:

•    mehnatkash-migrant – bir Tomon davlatining fuqarosi hisoblangan, 18 yoshga to‘lgan, boshqa Tomon mamlakati hududiga qonuniy asosda kelgan va unda qonuniy asosida haq to‘lanadigan mehnat faoliyatini amalga oshiradigan shaxs;
•    mehnat faoliyati – mehnatkash-migrantning tuzilgan shartnomaga asosan, qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladigan ish faoliyati;
•    ish beruvchi – mehnatkash-migrantlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda mehnashkashlarning mehnatidan foydalanadigan yuridik yoki jismoniy shaxs;
•    qabul qiluvchi davlat – mehnatkash-migrant mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida hududiga kelgan Tomon davlati.

Migrantlarning quyidagi huquqlari mustahkamlangan:

•    qabul qiluvchi davlat qonunchiligigiga hamda mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq dam olish;
•    atrofdagilarga xavf soladigan o‘tkir yuqumli kasalliklarga chalinganda kafolatlangan bepul tibbiy yordam olish, agar bu davlat ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalarda boshqacha qoidalari nazarda tutilmagan bo‘lsa. Kasalliklar ro‘yxati qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilanadi;
•    qabul qiluvchi davlatning vakolatli organlaridan qabul qiluvchi davlat hududiga kelish va mehnat faoliyatini amalga oshirish shartlari va tartibiga taalluqli ma’lumotlarni olish va boshqalar.

Mehnatkash-migrantlarning mehnatiga haq to‘lash va ularning daromadlariga soliq solish, pensiya va ijtimoiy ta’minoti, mehnatda mayiblanganlik holatlarida yoki vafot etgan taqdirda to‘lovlar va kompensatsiyalar to‘lanishi, shuningdek mehnat vazifalarini bajarish paytida mayiblanganlik, kasb kasalligiga chalinganlik yoki sog‘lig‘iga boshqacha tarzda shikastlanganlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash masalalari tartibga solingan.

Shuningdek Bitimda ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartib-taomillari ham belgilangan.

Bunday maqsadlarda qabul qiluvchi davlatning hududida mehnatkash-migrantlar tomonidan mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlat qonunchiligida belgilangan tartib-taomillaridan o‘tkazilmagan holda tan olinadi. Tegishli ma’lumotga ega, pedagogika, tibbiyot yoki farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli bo‘lgan mehnatkash-migrantlarning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlar qabul qiluvchi davlatning qonun hujjatlarida tan olish yuzasidan belgilangan tartib-taomillardan o‘tkaziladi. Ularga qabul qiluvchi davlatning qonunchiligida belgilangan tartibda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishlariga ruxsat beriladi.

Bitim bilan boshqa jihatlar ham tartibga solingan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant O'zbekiston-Qozog'iston

Baholaganlar

51

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing