Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentini tabrikladi
Jamiyat
−
25 Oktabr
4126O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 25 oktyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim Jomart-To‘qayevni Respublika kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Oqorda xabar berdi.
Tabrikda Qozog‘istonda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar, keng qamrovli va tizimli islohotlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Mirziyoyev Qozog‘istonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, 1990 yil 25 oktyabr kuni Qozog‘iston SSRning mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan.