Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga safarini muddatidan avval tugatib, poytaxtga qaytdi

Jamiyat

image

Ўзбекистон Prezidenti Shavkat Мирзиёев Qoraqalpog‘istonga safarini muddatidan bir kun oldin yakunladi. Davlat rahbari kecha, 24 fevral kuni kechqurun Toshkentga qaytib keldi.

Prezident Matbuot xizmati 23 fevral kuni boshlangan tashrif ilk bor 3 kun davom etishini ma’lum qilgandi.

Prezident Mo‘ynoqdan boshlangan ikki kunlik tashrif davomida Orol dengizining qurigan tubini borib ko‘rdi, u yerdagi o‘rmon barpo etish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, u Taxtako‘pir va Shumanay tumanlarida ham bo‘ldi. Beruniy tumanida Prezident shamol elektr stansiyasining ilk tamal toshini qo‘ydi.

Mirziyoyev Nukusdagi “Chimboy guzari” mahalla fuqarolar yig‘inida plastik eshik va romlar ishlab chiqaruvchi korxonani, “Zeke Terek” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi uy-joy majmuasi qurilish maydonchasini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif so‘nggida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi faoliyati bilan tanishdi va poytaxtga qaytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

972

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing