Mirziyoyev qishloqlarga bir necha milliard dollar ajratmoqchi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 mart kuni "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarining ijro etilishi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Bu haqda Prezident Administratsiyasidan QALAMPIR.UZ’ga xabar berildi. 

Qayd etilishicha, Mirziyoyev "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Aniq raqamlar bugungi videoselektor yig‘ilishida ma’lum bo‘ladi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ajratilishi kutilayotgan mablag‘ bir necha milliard dollar bo‘lishi mumkin. Jumladan, qariyb 3 ming kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash, 4 ming kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurishga mablag‘ ajratiladi. 60 foiz mahallalarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 4 mingdan ortiq transformatorlar yangilanadi. 

Ta’kidlanishicha, oxirgi bir necha yilda bunday hajmdagi ishlar O‘zbekistonda hali amalga oshirilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Obod qishloq Obod mahalla

Baholaganlar

264

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing