Mirziyoyev Qirg‘izistonga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan bugun, 20 iyul kuni Cho‘lponota shahriga jo‘nab ketdi.

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yo‘nalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Alohida e’tibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.

Sammit yakunida bir qator muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.

Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi o‘tgan yilning avgust oyida Turkmanistondagi “Avaza” milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing