Mirziyoyev Qirg‘iziston parlamenti torag‘asini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Jogorku Keneshi torag‘asi (raisi) Nurlanbek Shakiyevni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Qirg‘iziston parlamenti raisi Shavkat Mirziyoyevga Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Suhbatda turli darajalarda faol muloqot va almashinuvlar olib borilayotgani, tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortayotgani, kooperatsiya loyihalari qo‘shma jamg‘arma investitsiyalarini jalb qilgan holda amalga oshirilayotgani ta’kidlangan.

“Ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirish, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish va istiqbolli loyihalarni ilgari surish, hududlar va ishbilarmonlar darajasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlatda madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazishda yaqin parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik va o‘zaro muvofiqlashuvni kuchaytirish muhim ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing