Mirziyoyev Qirg‘iziston Bosh vazirini qabul qildi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Bosh vaziri, Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Aqilbek Japarov davlat rahbariga Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazgan.

Uchrashuvda joriy yilning yanvar oyida Bishkek shahrida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

“O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, savdo, energetika, transport va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda avtomobilsozlikda, paxta-to‘qimachilik klasterlarini tashkil etish, elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish, foydali qazilmalar konlarini birgalikda o‘zlashtirish bo‘yicha kooperatsiya loyihalarini jadal sur’atda amalga oshirish muhimligi qayd etilgan.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Qambarota-1 GESni birgalikda barpo etishning amaliy jihatlari muhokama qilingan. “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li loyihasini faol tayyorlash zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shu bilan birga, uchrashuvda joriy yilda parlamentlar, hukumatlar, ekspertlar, jamoatchilik va yoshlar darajasida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan bir qator qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish mo‘ljallangani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Aqilbek Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing