Mirziyoyev “Qasri Millat” qarorgohida rasmiy kutib olindi
Jamiyat
−
18 aprel
6529Dushanbedagi “Qasri Millat” qarorgohida davlat tashrifi bilan Tojikistonga borgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi.
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdi.
Birgalikda suratga tushildi.
Ayni paytda davlat rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Dushanbe aeroportida Mirziyoyevni Tojikiston Prezidenti kutib olgandi.