Mirziyoyev Qashqadaryoni rivojlantirish uchun 5 ta yo‘nalishda qilinadigan ishlarni belgilab berdi

Jamiyat

image

Bugun, 25 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryoni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Eng avvalo, davlat rahbari viloyatda beshta yo‘nalishda – tadbirkorlik, sanoat, agrar, ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy sohada erishilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalarni belgilab berdi. Jumladan:

•    viloyatda tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali kelgusi yilda 207 ming nafar ish o‘rni yaratish zarur;

•    sanoatda 960 ta loyihani amalga oshirib, 20 ming nafar aholini band qilish mumkin;

•    22 ta noruda konni o‘zlashtirib, talab yuqori bo‘lgan qurilish materiallari ishlab chiqarish imkoni bor;

•    paxtani chuqur qayta ishlash darajasini 32 foizdan 56 foizga chiqarish uchun klasterlar tomonidan 2 trillion so‘mlik 12 ta loyihani yakunlash zarur;

•    kimyo, neft-gaz, energetika tizimidagi yirik korxonalar bilan sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yib, 65 ta mahalliylashtirish loyihasini amalga oshirish lozim;

•    18 ming gektar maydonda suv ta’minotini yaxshilab, qo‘shimcha 90 milliard so‘mlik mahsulot yetishtirish, 66 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib, 300 million kub metr suvni iqtisod qilish, 10,5 ming gektar paxta va g‘alla maydonini qisqartirish hisobiga, 32 ming oila bandligini ta’minlash imkoniyati bor;

•    hududda markazlashgan toza ichimlik suvi ta’minotini kelgusi yilda 60 foizga yetkazish lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing