Mirziyoyev Qarshidagi ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrining Navo mahallasida qurilayotgan 7 ta 16 qavatli uy bilan tanishdi.

Bu hududda jami 39 ta ko‘p qavatli uy barpo etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, besh bosqichda amalga oshiriladi.

Ayni paytda, birinchi bosqichda 3 ta turar joy qurib bitkazilgan. Bunyodkorlikda seysmologiya va arxitektura talablariga alohida e’tibor qaratilgan. Sifatli, energiya tejovchi materiallardan foydalanilgan. Xonadonlarning har biriga alohida suv isitish moslamalari o‘rnatilgan.

Davlat rahbari uylarning qurilish texnologiyasi va sifatiga e’tibor qaratdi. Yong‘in xavfsizligini, kommunal xizmatlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

Hudud obodonlashtirilgan, bolalar maydonchasi tashkil etilgan. Yana 4 ta ko‘p qavatli uyni kelgusi yil mart oyida foydalanishga topshirish mo‘ljallangan.

Shuningdek, 1680 o‘rinli maktab, 2 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, poliklinika, supermarket, sport maydonlari, istirohat bog‘i va boshqa ob’ektlar barpo etiladi.

Bu yerda avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Qarshi shahrida isitish, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari taqdimoti o‘tkazildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryo viloyatiga safari yakunlandi. Prezident Toshkentga qaytib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

156

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing