Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va yangi zafarlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilagan.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar tufayli O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Xususan, yil boshidan tovar ayirboshlash 50 foizga oshdi. Turli yo‘nalishlarda, shu jumladan energetika sohasida, avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, paxta-to‘qimachilik va ipakchilik klasterlarini tashkil etish, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shma investitsiya fondi tashkil etilmoqda.

Davlat rahbarlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo shartnomalari va uzoq muddatli investitsiya bitimlarining portfelini kengaytirish muhimligini qayd etgan.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi hamkorlik loyihalarining amalga oshirilishini tezlashtirish choralarini kelishish uchun Baku shahrida bo‘lib turgani alohida ta’kidlangan.

O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

9

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing