Mirziyoyev Ilhom Aliyevga tabrik yo‘lladi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga uning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

“Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimdan tabriklayman va eng samimiy, eng yaxshi tilaklarimni bildiraman”, degan O‘zbekiston rahbari tabrik matnida.

Unda Ilhom Aliyev Ozarbayjon xalqining vatanparvar va fidoyi farzandi, dono rahbar, zamonamizning atoqli davlat va siyosiy arbobi ekanligi e’tirof etilgan.

Shuningdek, Ilhom Aliyevning nomi Ozarbayjonda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, mustaqil davlatchilik asoslarini har tomonlama mustahkamlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar va keng ko‘lamli o‘zgarishlar, mamlakatni jadal rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan yirik qurilish ishlari bilan chambarchas bog‘liqligi ta’kidlangan.

Shavkat Mirziyoyev joriy yilning avgust oyida Ozarbayjonga borganini yodga olar ekan, Ilhom Aliyev bilan o‘zaro ishonch va samimiyat ruhidagi muzokaralar, erishgan muhim kelishuvlar, arman istilosidan ozod etilgan Fuzuliy shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabning ochilish marosimida birgalikda ishtirok etgani keng ko‘lamli ikki tomonlama munosabatlarda yorqin iz qoldirganini tilga olgan.

Tabrik yakunida Mirziyoyev Aliyevga mustahkam sog‘lik, bitmas-tuganmas kuch-g‘ayrat, oilaviy baxt, faoliyati davomida yangi muvaffaqiyatlar, qardosh Ozarbayjon xalqiga tinchlik, osoyishtalik, taraqqiyot va farovonlik tilagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 dekabr kuni Ilhom Aliyev rasman navbatdagi saylovga nomzod bo‘lgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tabrik Mirziyoev Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing