Mirziyoyev IIV o‘rinbosarini ishdan oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Bekmurod Tojimirzayevich Abdullayev lavozimidan ozod etildi. Bu to‘g‘risida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi. 

Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi. Bungacha esa u Milliy gvardiya qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezident qarorini e’lon qilar ekan, Bekmurod Abdullayev nima sababdan ishdan olinganiga oydinlik kiritmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Bekmurod Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing