Mirziyoyev Germaniyaga boradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 1-2 may kunlari Germaniyaga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u kecha, 21 mart kuni Navro‘z tantanalari chog‘ida aytib o‘tdi.
Prezident “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanalardan so‘ng O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi ko‘rgazmasini borib ko‘rgan va markaz raisi Lena Mironova bilan suhbatlashgan. Suhbat chog‘ida Mirziyoyev Germaniyaga bo‘lajak tashrifidan so‘z ochgan. 

“1-2 may kunlari tashrifim bor. Do‘stim Shtaynmayer (Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer) taklif qildi. Men, albatta, u yerda bo‘laman”, degan davlat rahbari.

O‘z o‘rnida, nemis madaniyat markazi raisi Lena Mironova Bosh vazir Abdulla Aripovning joriy yilning mart oyi boshida Germaniyaga tashrifi davomida ko‘plab kelishuvlar imzolanganini ta’kidlagan.

“Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan. Bizda allaqachon tizim mavjud. U yerda bizni to‘g‘ri tushunishadi va men buni juda qadrlayman. Bularning hammasi bo‘lmoqda. Eng yomon holatda ham o‘zimiz uchun xulosa chiqarishimiz kerak, shunda tinchlik, do‘stlik bo‘ladi”, degan Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga 2019 yilning yanvar oyida borgan. 2019 yilning may oyida esa Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer O‘zbekistonga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya O'zbekiston Mirziyoev Shtaynmaer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing