Mirziyoyev ertaga xorijiy safarga chiqadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 1-2 mart kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

Baku shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasida ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Ozarbayjon tomonining raisligida o‘tadigan tadbir kun tartibidan pandemiya oqibatlarining ta’siri saqlanib qolayotgan hamda xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka xavf-xatar va tahdidlar kuchayib borayotgan sharoitda ko‘p tomonlama muloqotni rivojlantirish va amaliy hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan”, deyiladi rasmiy xabarda.

Bundan tashqari, Mirziyoyev Aliyev bilan uchrashib, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Qo‘shilmaslik harakati harbiy-siyosiy bloklar va tashkilotlarda ishtirok etmaslikni hamda hamkorlikni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining prinsip va maqsadlari asosida rivojlantirishni o‘z tashqi siyosatining asosi etib e’lon qilgan 120 ta ishtirokchi davlatni birlashtirgan eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 21-22 iyun kunlari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Keyin u 15-16 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish Samarqandga keldi. Ilhom Aliyev so‘nggi bor O‘zbekistonga 2022 yilning 10-11 noyabr kunlari Turkiy davlatlar tashkilotining sammitida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing