Mirziyoyev Erdo‘g‘an bilan uchrashib, kelgusi uchrashuvni muhokama qildi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 1 dekabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashdi.

Suhbat Dubay shahrida o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Keng ko‘lamli strategik sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ilgari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi, shu jumladan O‘zbekiston-Turkiya Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing