Mirziyoyev dasturi: majoritar-proporsional saylov tizimi joriy etiladi
Jamiyat
−
30 may 2023
6921O‘zbekistonda partiyalar rolini oshirish, ular o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda namoyon etishi uchun aralash, ya’ni majoritar-proporsional saylov tizimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zLiDePdan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida keltirib o‘tgan.
Dasturda qayd etilishicha, raqamlashtirish orqali byurokratiyani bartaraf etish prinsipi hayotga jadal olib kiriladi. Shu maqsadda davlat xizmatlari to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi.
Keltirilishicha, endi davlat xizmatlari uchun odamlar ovora bo‘lib, ariza yoki blanka to‘ldirmaydi, pasport yoki boshqa hujjat taqdim qilmaydi. Davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron tizimdan o‘zi oladi.
Har bir mahallada elektron xizmat nuqtalari ishga tushirilib, ular barcha masalalarni “bir qadam”da hal etadigan maskanga aylantiriladi.
Dasturga ko‘ra, partiyalar rolini oshirish, ular o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda namoyon etishi uchun aralash, ya’ni majoritar-proporsional saylov tizimi joriy etiladi.
Buning ma’nosi shuki, endi fuqarolar Qonunchilik palatasidagi 150 ta deputatlik o‘rnining 75 tasi bo‘yicha aniq bir nomzodni saylasa, qolgan 75 tasi bo‘yicha siyosiy partiyaga ovoz beradi. Bunday tizimda bironta saylovchining ovozi e’tibordan chetda qolmaydi.
Shuningdek, dasturga muvofiq mahalliy kengash xalqning chinakam ovoziga aylanishi uchun hokimning Kengashga rahbarlik vakolati bekor qilinmoqda. Endi hokimlar Kengash oldida, xalq oldida hisobdor bo‘lgan tizim joriy etiladi.
LiveBarchasi