Mirziyoyev bugun Jizzaxga boradi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyul kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga boradi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, tashrif doirasida Prezident viloyatda sanoat va ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa ob’ektlar bilan tanishadi.

7 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi, ishlarning borishi va aholini qiynayotgan masalalar hal etilishi yuzasidan hisobot bilan tanishgandi.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Shayxontohur va Chilonzor tumanlarida bo‘lib, mahallalardagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishgandi. O‘tgan oyda esa Prezident Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing