Mirziyoyev bugun ko‘pchilikni ishdan olishini aytdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Uch oy ichida O‘zbekistonda tadbirkorlarga yetarlicha sharoit yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash, mahalliy ishlab chiqarishni riovjlantirish bo‘yicha samarali faoliyat yo‘lga qo‘yilmasa, ko‘pchilik, xususan, mahalliy hokimiyatlarning birinchi rahbarlari ham lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 8 aprel kuni o‘tayotgan Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bandligini ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi. 

Yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev vazirlik va idoralar rahbarlari, viloyat, shahar va tuman hokimlariga og‘ir jarayonlardan o‘tayotganliklarini eslatdi. 

“Juda tarixiy va og‘ir yillarda yashayapmiz. Bizga ko‘p narsa bog‘liq. O‘zlaringni qiynab, har kuni izlanish, intilish va pirovard maqsad bilan ishlash bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi”, deydi Prezident.

Mirziyoyev so‘zida davom etib, bugungi videoselektorda juda ko‘p rahbarlar ishdan olinishini urg‘uladi.  

“Shahar va tuman hokimlari, bir narsani bilinglar: tadbirkorni qo‘llab-quvvatlamasak, tadbirkorga sharoit yaratmasak, tadbirkorni ko‘paytirmasak, mahalliy byudjet bo‘lmaydi”, deydi Prezident kuyunib.

Prezidentga ko‘ra, mamlakatda tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish uchun qancha mablag‘ ajratilmasin, qanchadan qancha farmon va qarorlar qabul qilinmasin, quyi pog‘onada o‘zgarish bo‘lmayotgani uchun natija ham shunga yarasha ekanini qayd etdi. 

“Bugun eshitasizlar men juda ko‘p odamni ishdan olyapman. Uch oyda o‘zgarish bo‘lmasa, birinchi rahbarlarni ham ishdan olaman”, deydi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

643

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing