Mirziyoyev bugun Qozog‘istonga ketadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 may kuni "Markaziy Osiyo – Italiya" sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. Bu haqda Prezident ma’muriyati xabar qildi. 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan 30 may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Italiya" formatidagi oliy darajadagi sammitda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda. 

Tadbirda mintaqa mamlakatlari yetakchilari va Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibiga muvofiq, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo "yashil" iqtisodiyot, investitsiyalar, innovatsiyalar, fan va ta’lim sohalarida yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, sammit oldidan Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonda mehmon bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing