Mirziyoyev bu hafta ikki muhim uchrashuvda qatnashadi
Jamiyat
−
29 mart 2021 6718 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshlangan yangi haftada ikkita muhim uchrashuvda ishtirok etadi. Bugun, 29 mart kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda Prezidentning haftalik kun tartibi haqida Prezident Administratsiyasi raisi o‘rinbosari – Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lumot bergan. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova Telegram’dagi kanalida xabar qoldirdi.
Xabarda qayd etilishicha, bundan buyon Prezident faoliyati bo‘yicha doimiy ravishda brifinglar o‘tkazib boriladi.
Sherzod Asadovning xabar berishicha, bugun Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Ertaga, 29 mart kuni oliy darajadagi muzokalar bo‘lib o‘tadi. 10 ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Tashrif 31 mart kuni yakuniga yetadi.
Shuningdek, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammitida ham ishtirok etadi. Ta’kidlanishicha, sammit Turkiston (Qozog‘iston)da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Pandemiya sabab sammit videoanjuman tarzida o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025