Mirziyoyev BMT Bosh assambleyasida nutq so‘zlaydi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2023 11009 1 daqiqa
19-25 sentyabr kunlari Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham nutq so‘zlaydi.
Bu haqda Bosh Assambleya sessiyasi dasturiga tayanib TASS xabar berdi.
BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi 19 sentyabr kuni, an’anaga ko‘ra, Braziliya Prezidentining nutqi bilan boshlanadi.
So‘ngra AQSH rahbari nutqi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, assambleyaning birinchi kunida Ukraina, Turkiya, Janubiy Afrika, Vengriya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining chiqishlari ham rejalashtirilgan.
Dasturga ko‘ra, mamlakatlar o‘z xohishi bilan vakillik darajasini o‘zgartirishi yoki nutqni boshqa sanaga qoldirishni so‘rashi mumkin.
Akobir Sayidov
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr