Mirziyoyev Bishkekda Afg‘oniston Prezidenti bilan uchrashdi

Jamiyat

image

SHHTning Bishkek sammiti tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashdi.

O‘zbekiston rahbari turli darajadagi ikki tomonlama muloqotlar faollashgani, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlik va gumanitar almashinuvlar kengayib borayotganini alohida ta’kidladi.

Uchrashuvda Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish hamda ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikka jalb etishga qaratilgan aniq dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishning amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezident Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi faol sa’y-harakatlari uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing