Mirziyoyev bir guruh chet elliklarni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

Bugun, 25 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh chet el investorlarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish, samarali innovatsion loyihalar va qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, respublikadagi keng qamrovli islohotlar va demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash borasidagi alohida xizmatlari, shuningdek, do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash yo‘lidagi ibratli faoliyati uchun quyidagilar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan:

  • Gurjiy Stepan Leonidovich - Rossiya Federatsiyasi “Lukoyl” aksiyadorlik jamiyatining Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bo‘yicha vitse-prezidenti
  • Muxammad Abunayyan - Saudiya Arabistoni Podshohligi “ACWA Power” kompaniyasi  boshqaruvi raisi
  • Muxammad Jamil Al-Ramaxiy  - Birlashgan Arab Amirliklari “Masdar” kompaniyasi bosh ijrochi direktori
  • Jemil Kazanji - Turkiya Respublikasi “Aksa Energy” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi
  • Mexmet Jengiz - Turkiya Respublikasi “Cengiz Holding” kompaniyasi asoschisi
  • Shandor Chani - Vengriya Respublikasining “OTP Bank” boshqaruvi raisi
  • Seyfollax Gasemi - Amerika Qo‘shma Shtatlarining “Air Products” kompaniyasi boshqaruvi raisi
  • Peris Muratoglu - Fransiya Respublikasining “Total Eren” kompaniyasi boshqaruvi raisi

 


Maqola muallifi

Teglar

Prezident mukofot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing