Mirziyoyev barqaror rivojlanishga to‘siq bo‘layotgan muammolarni sanadi
Jamiyat
−
16 Sentabr 2022
5897Dunyoda ishonch va o‘zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan ko‘plab tahdidlar kuchaygan. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisida aytib o‘tdi.
Uning fikricha, iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamona muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
“O‘zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham ko‘proq talab etilmoqda. Tashkilotimiz faoliyati shunday muloqotni amalga oshirish mumkinligini dunyoga namoyon etmoqda”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
SHHT ochiqlik va bloklarga qo‘shilmaslik tamoyillariga qat’iy sodiqligi tufayli ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli tarzda chuqurlashtirayotgani ta’kidlandi.
LiveBarchasi